Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan norasmiy muzokaralar chog‘ida bir yarim yildan so‘ng davlat rahbari lavozimini tark etishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN manbasiga tayanib.
Maduroning ta’kidlashicha, u bu qarorni 18 oydan oldin amalga oshirmaydi, biroq kelgusida davlat boshqaruvidan ketishga tayyor. Ushbu bayonot Venesuela va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalarni muhokama qiluvchi turli kanallar orqali berilgan.
Oldinroq Wall Street Journal nashri, Trampning Maduro bilan suhbat chog‘ida agar u o‘z ixtiyori bilan lavozimni tark etmasa, AQShning boshqa variantlarni, jumladan, kuch ishlatishni ko‘rib chiqishi mumkinligini aytgani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, New York Times gazetasi ikki yetakchining shaxsiy uchrashuvi imkoniyatini muhokama qilgani haqida xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp telefon suhbatini tasdiqladi, ammo suhbat tafsilotlariga izoh berishdan bosh tortdi.


