1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Magistraturaga qabul natijalari nega e’lon qilinmayapti?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilayotgan murojaatlar bo'yicha izoh berdi.

Magistraturaga qabul natijalari nega e’lon qilinmayapti?

 

Vazirlik xabariga ko'ra, magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi.

 

 

“Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

 

Vazirlik, shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmaslikni, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishni soʻragan.

 

Ma'lumot o'rnida, 2022/23-o‘quv yili uchun magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanib, 10-yanvargacha davom etdi. Ushbu tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика