1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori bilan Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

 

Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YAIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilish mumkin. Murojaatda kasanachi maʼlumotlari, subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvaraq va manzili ko‘rsatiladi.

 

Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

 

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

 

  • hujjatlar to‘liq taqdim qilinmaganida;

  • kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda;

  • kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi maʼlumot haqqoniyligi tasdiqlanmaganida.

 

Murojaat rad etilsa, bu haqda 1 kunda murojaatchiga xabar beriladi. Qayd etilishicha, subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o‘tkazib beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика