1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Mahalliy va rossiyalik shifokorlar bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etmoqda

Unda mamlakat hamda chet elda jigar transplantatsiyasi bajarilgan bemorlar va bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Mahalliy va rossiyalik shifokorlar bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etmoqda

 

Mahalliy va rossiyalik shifokorlar tomonidan jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.

 

Aytilishicha, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining konsultativ poliklinikasida xayriya tadbiri boshlandi.

 

12-noyabrga qadar davom etadigan ushbu aksiya davomida mamlakat hamda chet elda jigar transplantatsiyasi bajarilgan bemorlar, shu jumladan bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 

Mazkur maslahat va tekshiruvlar Xirurgiya markazi hamda Rossiyaning akademik V.I.Shumakov nomidagi Milliy transplantologiya va sunʼiy organlar tibbiy tadqiqot markazining yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика