1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" xabar berdi.

Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

 

Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" xabar berdi.

 

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur yo‘nalishda 17 dekabridan 2023 yilning 15 yanvariga qadar qo‘shimcha 24ta reys amalga oshiriladi.

 

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

17-19-21-24-26-28 dekabr kunlari hamda 2023 yilning 2-4-7-9-11-14 yanvar kunlari 158-sonli “Toshkent – Termiz” yo‘nalishidagi poyezd qatnovi: Toshkent 21:42 – Termiz 11:41;

18-20-22-25-27-29 dekabr kunlari hamda 2023 yilning 3-5-8-10-12-15 yanvar kunlari 157-sonli “Termiz - Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd qatnovi: Termiz 15:10 – Toshkent 05:42;

 

Shuningdek, “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

 

“Yangi yil bayrami” munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida 15-22-29-dekabr kunlari va 5-12-19-26-yanvar kunlari qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

 

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi: Toshkent 07:55 — Andijon 13:46;

59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi: Andijon 16:00 — Toshkent 21:45;

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda chipta.railway.uz sayti orqali elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика