O‘zbek kino va teatr sanʼatida o‘z o‘rniga ega Bakirovlar sulolasi vakili, aktyor va rejissyor Abror Bakirov vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi maʼlum qildi.
Abror Bakirov qator kinofilmlar, jumladan «Afyun girdobi», «Qandahorda toblanganlar», «Bir qadam o‘ngga, bir qadam chapga», «Oltin devor» va «Ivanov i Rabinovich» kabi filmlarda ishtirok etgan.
Zamon.uz jamoasi marhumning oila aʼzolari hamda yaqinlariga taʼziya bildiradi.


