1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Makron iste’foga ketmasligini ma’lum qildi

“Buni 2027-yilgacha kutishimiz kerak”,  - dedi u.

Makron iste’foga ketmasligini ma’lum qildi

 

Herault departamentida namoyishchilar tomonidan to‘xtatilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron isteʼfoga chiqish niyati yo‘qligini aytdi.

 

Prezidentning tashrifi chog‘ida namoyishchilar hamma joyda “Makron isteʼfoga chiq!” deb hayqirdi. Ular  “demokratik prezident” degan umidda unga ovoz berganidan afsusda ekanliklarini bildirgan.

 

"Men demokratiya tarafdoriman, shuning uchun saylovlarda ishtirok etdim. Lekin men isteʼfoga chiqmayman. Sizni ishontirib aytamanki, bunday bo‘lmaydi. 2027 yilgacha kutishimiz kerak”, - dedi prezident.

 

Tashrifi davomida to‘plangan namoyishchilarga qarshi politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘ldi. Namoyishchilar unga tuxum va kartoshka otish bilan javob berishgan.

 

Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasining asosiy moddasini maʼqulladi, unda 2030 yilgacha mamlakatda pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga bosqichma-bosqich oshirish nazarda tutilgan. Shanba kuni kechqurun Makron qonunni imzoladi, hujjat rasmiy jurnalda chop etildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика