1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Makron: Yevropa besh yil ichida jiddiy inqiroz xavfiga duch kelishi mumkin

Fransiya prezidenti Xitoy bilan savdo bosimi va AQSh siyosatidagi beqarorlikni asosiy tahdidlar sifatida ko‘rsatdi.

Makron: Yevropa besh yil ichida jiddiy inqiroz xavfiga duch kelishi mumkin

 

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa zarur choralar ko‘rmasa, yaqin besh yil ichida jiddiy inqirozga yuz tutishi va hatto yo‘qolib ketish xavfi ostida qolishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda 10-fevral kuni Tagesanzeiger gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Makronning ta’kidlashicha, Yevropa hozir ikki tomonlama bosim ostida qolgan. Bir tomondan, Xitoy bilan savdo munosabatlarida bosim kuchaymoqda, ikkinchi tomondan esa AQSh siyosatidagi noaniqlik va beqarorlik vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

 

"Yevropa ushbu jarayonlarda yoki tomoshabin bo‘lib qoladi, yoki faol ishtirok etishi lozim", — dedi Fransiya prezidenti.

 

Shuningdek, Makron Grenlandiya bilan bog‘liq vaziyatni Yevropa uchun muhim geosiyosiy burilish nuqtasi deb atadi. Uning fikricha, bu holat qit’aga nisbatan mavjud tahdidlarni ochiq-oydin namoyon qilmoqda.

 

Prezident, shuningdek, Yevropa jamiyatida umidsizlik kayfiyati kuchayib borayotganini ham qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика