Makron Fransiya shaharlarida bir necha kun davom etgan tartibsizliklardan so‘ng huquq-tartibot xodimlarini ham qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Prezident yosh namoyishchilarning oilalarini jarimaga tortishni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyadagi tartibsizliklar 27-iyun kuni kechqurun politsiyachi mashina haydab ketayotib, huquq-tartibot idoralari xodimlari talabiga binoan to‘xtashdan bosh tortgan 17 yoshli o‘smirni otib o‘ldirganidan keyin boshlangan edi. Bu voqea mamlakatning ko‘plab shaharlarida tartibsizliklar to‘lqiniga sabab bo‘ldi.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hafta davomida 3486 kishi hibsga olingan.


