Fransiya Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berishni davom ettirishga tayyor. Bu haqda Emmanuel Makron Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti davomida aytib o‘tdi.
Fransiya yetakchisi Zelenskiy bilan harbiy texnika, siyosiy va moliyaviy yordamga ehtiyojlarni muhokama qilgan.
“U (Makron) Parij ushbu ehtiyojlar, xususan, og‘ir qurollarni yetkazib berishga tayyorligini bildirdi”, – deyiladi Yelisey saroyi tarqatgan kommyunikeda.
Avvalroq Boris Jonson Zelenskiyga harbiy yordam yetkazib berishga vaʼda bergandi.


