1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Makronning xotini yana bir bor erini beburd qildi

Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida Fransiya birinchi xonimi Prezidentning yordam qo‘lini rad etdi.

Makronning xotini yana bir bor erini beburd qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron Buyuk Britaniyaga yetib kelganida turmush o‘rtog‘ining yordam qo‘lini rad etib, uni yana omma oldida noqulay holatga tushirdi. Bu holat France 24 telekanali tomonidan namoyish etilgan videoda yaqqol ko‘rinadi.

 

Videoda ko‘rinishicha, prezident Makron samolyotdan birinchi bo‘lib tushgan va orqasidan oppoq libosda chiqqan Brijit Makronni kutib, unga qo‘l cho‘zgan. Biroq Brijit bu taklifni rad etib, tutqichga suyanib zinapoyadan mustaqil ravishda pastga tushgan.

 

Makron rad etilganidan so‘ng qo‘lini tushirib, ularni kutib olgan shahzoda Uilyam va malika Keyt Midlton tomon yuzlangan. Hodisa Britaniyaning Nortolt harbiy bazasida yuz bergan.

 

Avval ham Makron juftligining jamoat joylaridagi harakatlari OAV e’tiborini tortgan edi. Jumladan, may oyida Vetnamga tashrifi chog‘ida prezidentning ehtiyotsiz harakati oqibatida rafiqasi yuziga tasodifan urilgan holat ham jurnalistlar tomonidan qayd etilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика