Vazirlar Mahkamasining "Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan CHQBTning moddiy-texnik jihatdan taʼminlanishi va o‘quv-moddiy bazasini barpo etish ishlarini amalga oshirish mexanizmlarini belgilab berish;
-
CHQBT fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan zaxiradagi (rezervdagi) ofitserlarga navbatdagi harbiy unvon va malaka toifasi berilishi tartibini belgilash;
-
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablarida CHQBT fani o‘quv dasturi soatlari miqdorini taʼlim sohasida ro‘y bergan islohotlarni inobatga olgan holda yangidan belgilash;
-
CHQBT fani o‘quv-moddiy bazasi obyektlarini va CHQBT sinfi jihozlari ro‘yxatini tasdiqlash;
-
mudofaa ishlari bo‘limlari va taʼlim muassasalarida o‘quv qurollarini (AK-74 o‘quv quroli, o‘quv granata va minalari, o‘quv patronlar) saqlanishi tartibini belgilash;
-
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari bitiruvchilari (11-sinf va 2-kurs o‘g‘il bolalar) bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkillashtirish;
-
CHQBT fani o‘qitilishi tashkil etilishiga oid hisobot hujjatlarini yagona tartibga keltirish va ushbu yo‘nalishda masʼul organlar orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.


