1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda maktab direktori bolalarni kaltakladi

Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Andijonda maktab direktori bolalarni kaltakladi

Aniqlanishicha, voqea Oltinko‘l tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida yuz bergan. 8-sinf o‘quvchisi Q.M. sinf xonada pirotexnika vositalaridan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori go‘yoki tarbiyaviy maqsadda Q.M.ni va sinfdagi boshqa bir necha bolalarni kaltaklagan.

 

Hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat o‘rganilmoqda. Shuningdek, Oltinko‘l tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

“Taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan bunday nomaqbul munosabat va jismoniy jazo qo‘llash holatlariga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bola davlat va qonun himoyasida”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика