1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Maktab o'qituvchilariga 50 va 20 foiz ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

O'zbekistonda 2023/2024-oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Maktab o'qituvchilariga 50 va 20 foiz ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023/2024-oʻquv yilida ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlandi.

 

Qayd etilishicha, mazkur qarorda oʻtgan oʻquv yilidagi sertifikatlar roʻyxatiga bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi koʻzda tutilgan.

 

Jumladan, roʻyxatga yangidan qoʻshilgan yoki ustama toʻlash ballari oʻzgartirilgan sertifikatlar:

 

  • GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali oʻzgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan oʻzgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);
  • Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlangʻich taʻlim (Ona tili va adabiyot (Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));
  • Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
  • Teaching English as a Second Language (TESL);
  • SAT subject score ( yangidan qoʻshilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);
  • A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan).

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика