1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Maktab o‘qituvchilarining janjaliga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Curxondaryoda 4 erkak o‘qituvchi o‘zaro urushdi" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Mazkur xolat yuzasidan "Zamon uz" Surxondaryo viloyati IIB matbuot raxbari bilan bog‘landi.

Maktab o‘qituvchilarining janjaliga oydinlik kiritildi

 

 

Masʼul xodimning maʼlum qilishicha, voqea 2021 yil 23 avgust kuni soat 10:00 larda Qumqo‘rg‘on tumani 59 sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Ushbu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchilar R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla va M.t.Baxtiyorlar o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi D.B.Xaitmurod bilan 59 maktab hovlisida o‘zaro kelishmovchilik sababli bir birlari bilan janjallashgan. Bir birini urib-do‘pposlab, badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etishgan.

 

 

2021 yil 24 avgustda Qumqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla, M,t.Baxtiyor va D.B.Xaitmurodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "B" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kuning o‘zida gumon qilinuvchi R.X.Azizbek, N.A.Nurilla, M,t.Baxtiyor va D.B.Xaitmurodlar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Hozirgi kunda Qumqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganligi maʼlum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 

Avvalroq, Qo‘ng‘irot tumanida bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.

 

 

Munojat Valiyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика