1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Maktablarda kuzgi ta’til boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

Bu bo‘yicha vazirlik xabar berdi.

Maktablarda kuzgi ta’til boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

 

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr sanasi kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. 

 

II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaroriga asosan belgilanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика