1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari joriy etiladi

Shuningdek, bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari joriy etiladi

 

Prezident qarori bilan maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari joriy etiladi.

 

Qarorga muvofiq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda quvchilarda o‘zini o‘zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suisidlarning oldini olish bo‘yicha maxsus ijtimoiy-emosional o‘quv soatlarini (Social Emotional Learning, SEL ) umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida yo‘lga qo‘yadi.

 

Bunda Social Emotional Learning, SEL umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida tashkillashtiriladi.

 

Shuningdek, irlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida 2023-yil yakuniga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinadi. Unga asosan:

 

  • ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inining o‘zida erta aniqlash va davolash choralari ko‘riladi;

  • birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish bo‘yicha ko‘nikmalari rivojlantiriladi va bilimlari oshiriladi.

 

Shuningdek, bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика