1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. Maktablarda odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi

05:09 / 16.05.2022

1.6k

Maktablarda odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi

Maktablarda odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi

Joriy yilnig 1 avgustiga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tasdiqlangan odob-axloq normalarini eʼlon qiladi

 

Maʼlumot berilishicha, Xalq taʼlimi vazirligi 1 avgustga qadar maktablarda ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. Unda maktab va ota-onaning taʼlim va tarbiyada ishtiroki, masʼuliyati hamda majburiyatlari aks ettiriladi. Qolaversa, 2023−2024 yillarda maktablarda eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun jami 400 mlrd so‘m ajratiladi, internet tezligi 100 Mbit/s gacha oshiriladi.

 

Xabarga ko‘ra, odob-axloq qoidalarida maktab va ota-onaning bola tarbiyasidagi o‘rni va masʼuliyati, taʼlim va tarbiya jarayonidagi ishtiroki va majburiyatlari belgilanadi. Maktablarning tasdiqlangan qoidalarni o‘zining rasmiy veb-sayti hamda “My.maktab.uz” axborot tizimiga joylashtiradi. 1 sentyabrdan o‘quvchilar ota-onalari ushbu axborot tizimi orqali tanishtirib boriladi.

 

XTV 2023 yildan boshlab har yili 1 avgustga qadar ITSV va Moliya vazirligiga maktablarda maʼnan eskirgan kompyuter texnikasi to‘g‘risida maʼlumotlarni taqdim etib boradi. ITSV va Moliya vazirligi shunga ko‘ra 2024 yildan maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlash bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlaydi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика