1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Maktablarda yozgi taʼtil qisqaradimi?

Vazirlik tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Maktablarda yozgi taʼtil qisqaradimi?

O‘zbekiston maktablarida yozgi taʼtil bir yarim oy, yaʼni 6 hafta bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buni rad etdi.

 

Tarqalgan xabarlarda uzoq taʼtil davomida bolalar bilimni unutib qo‘yishlari mumkinligi sabab ayrim ota-onalar bu taklifni qo‘llab-quvvatlagani, boshqalar bu qarorga qarshi ekani aytilgan. Dunyodagi ayrim davlatlarda yozgi taʼtil qisqaroq ekani, lekin yil davomida ko‘plab bayram kunlari borligi ham qayd etib o‘tilgan.

 

 

“Bu gapni o‘ylab topishganmi yoki taklif sifatida aytilganmi aniq bilmayman. Lekin maktablarda yozgi taʼtil qisqaradi degan masala vazirlikda ko‘tarilgani ham, bu gap bo‘lgani ham yo‘q”, deb javob berdi vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova.

 

“Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, o‘quv yilining davomiyligi 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta)ni tashkil qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика