Samolyot 9-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da Toshkent xalqaro ayeroportiga kelib qo‘ngan. Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi parvozini amalga oshirgan samolyot an’anaga ko‘ra, suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.
Birinchi charter reysida 92 nafar yo‘lovchi, jumladan, Malayziya milliy aviatashuvchisi rahbariyati ham yetib kelgan.
Kuala-Lumpurdan parvoz Malayziyaning “Malaysia Airlines” milliy aviakompaniyasi va O‘zbekistonning “Osmon Aero” turoperatori o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilgan. Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har 10 kunda charter asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


