1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Malika” savdo majmuasi sotildi

Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni natijasi to‘g‘risida maʼlumot berildi.

“Malika” savdo majmuasi sotildi

 

“Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘yicha savdolarda “Premium Prime Service” MCHJ 125 milliard so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 100 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan sotilgan.

 

Bundan tashqari, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlarining ommaviy savdo jarayonlari g‘oliblari belgilangan.

 

– “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi bo‘yicha savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164 milliard so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 6 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;

 

– “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yo‘li bilan birga) bo‘yicha savdolarda “Ulkan Mulk” MCHJ 107 milliard so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan. 

 

Xususan, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga amal qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 61 ta bozor kompleksi sotiladi va ularning 12 tasi tugatilishi hamda O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика