Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 5-fevral kuni 2004-yilda tug‘ilgan J.M. Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan J.M.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.


