Ukraina xalqi o‘z hududining maʼlum bir qismidan voz kechishga tayyor emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.
"Ukrainaliklar o‘z yeridan voz kechishga, bu hududlarni Rossiyaga tegishli bo‘lishiga tayyor emas. Biz bu haqda doimiy ravishda gapiramiz va isbotlamoqchimiz", — degan siyosatchi CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, u NATOdan tashqarida hech qanday xavfsizlik kafolatlarini ko‘rmayotganini aytgan. Prezidentning fikricha, Kiyevni alyansga qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror noto‘g‘ri hisoblanadi.
Avvalroq Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon Der Lyayen Ukrainaning YEIga yo‘li uzoq bo‘lishini aytgandi.


