Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes “Manchester Siti” futbolchisiga aylanishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rodrigoning o‘yin uslubini ijobiy baholaydi va futbolchining o‘zi ham bu qiziqishdan xabardor. Shuningdek, mankunianlik skautlar mavsumning hal qiluvchi o‘yinida braziliyalik hujumchining o‘yinini tomosha qilish uchun Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan “Real Madrid” – “Borussiya Dortmund” o‘yiniga borishadi.
Rodrigo 2019-yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Rodrigoning narxini 100 million yevroga baholagan.


