"Manchester Yunayted" o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha variantlarni o‘rganmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" "Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Brahim Diasga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubida Dias hujum chizig‘iga kreativlik olib kelishiga ishonishmoqda.
Manbaga ko‘ra, Manchester jamoasi 25 yoshli futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda. Aniq raqamlar oshkor qilinmagan, ammo taklif "sezilarli" bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Nufuzli "Transfermarkt" portali Brahim Diasning narxini 35 million yevro atrofida baholamoqda. Futbolchining "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.


