1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Maqsuda Vorisova: "Mandat kechikayotgani uchun Davlat test markazi izoh berishi shart!"

Aslida natijalar test tugagan kundan boshlab, bir hafta muddatda chiqishi shart. Hayotimizning har bir sohasiga raqamlashtirish kirib kelgan, imtihon savollarining javoblari to‘g‘riligini kompyuter tekshirayotgan vaqtda natijalarni cho‘zish kimga kerak bo‘lib qoldi?

Maqsuda Vorisova: "Mandat kechikayotgani uchun Davlat test markazi izoh berishi shart!"

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “adolatsizlik qachon barham topadi”, qabilidagi savollar bejiz ilgari surilayotgani yo‘q. To‘g‘ri, abituriyent qancha ball olganini qisqa muddatda bilib olayapti, ammo mandatni eʼlon qilishga, nahotki, bir oyga yaqin vaqt ketsa? Bizningcha, hamma soha raqamlashtirilgan davrda “bahona izlash” befoyda. Hech bo‘lmaganda Davlat test markazi mutasaddilari xalq oldida hisobdorligini anglab, o‘z harakatlariga vaqtida izoh berishlari kerak.

 

Aholi, ayniqsa umidvor yoshlarning talabiga javob bera olmaydigan Davlat test markazi faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerak.

 

Inson katta hayotga taʼlim orqali kirib keladi, oliy taʼlimdagi adolatsizlik yoshlar qalbida jamiyatga, o‘z kelajagiga ishonchsizlik bilan qarashga sabab bo‘ladi.

 

Taʼlimda aholining barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi imtiyozlar tizimini jiddiy isloh etish zarur. Imtiyozlar faqat respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (maxsus shartlar asosida, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha) qoldirilsa, mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Qolgan barcha abituriyentlar sog‘lom raqobat muhitida, adolat mezoni bo‘yicha saralanishi darkor.

 

To‘lov-kontrakt miqdorini belgilashda ham aholining real daromadlarini hisobga olish adolatdan bo‘lar edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика