O'zbekistonda ijtimoiy himoya faoliyatini yanada rivojlantirish, aholini barqaror ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish shuningdek oʻzbek xalqining insoniy qadriyatlarini namoyish etish maqsadida "Ijtimoiy himoya agentligi" tomonidan "Inson faxri" milliy mukofotining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda: Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari - Shahnoza Mirziyoyeva, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti (MOQ) - Otabek Umarov, Madaniyat Vaziri - Ozodbek Nazarbekov hamda bir qator san'at vakillari ishtirok etdi.
Taqdirlashda turli sohalarda oʻzining jasorati, matonati, fidoyiligi, mardligi bilan ajralib turuvchi insonlar hikoyasi namoyish etildi hamda nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida turli sohalarda oʻzining jasorati, matonati, fidoyiligi, mardligi bilan ajralib turuvchi insonlar hikoyasi namoyish etildi hamda nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
Jumladan:
"Yil shifokori" nominatsiyasi- bemorlar qalbidan oʻrin olgan Bobur Toʻrayev
"Mehr yoʻli" nominatsiyasi -Bibisora Ahmedova
"Betakror rekord" nominatsiyasi - Nasiba Abdullayeva hamda Ozodbek Ahmadovich tomonidan Shahina Yigitaliyevaga topshirildi.

Shuningdek:
"Jamiyat bilan bir yoʻlda" nominatsiyasi - Feruza Madaliyevaga Diyora Keldiyorova tomonidan topshirildi.
"Oʻlmas jasorat namunasi" nominatsiyasi - Boʻrijarda choʻkayotgan fuqaro hayotini saqlab qolgani uchun mukofot Raʼno Shodiyeva tomonidan topshirildi.
Shuningdek: "Shaxsiy yutuq" nominatsiyasi - Mohira Boltayeva
"Fidoyilik ramzi" nominatsiyasi - "Imkon" markaz direktori Ozoda Ulugʻova
"Chegarasiz yaxshilik" nominatsiyasi - tadbirkor Nasimjon Komilov
"Noyob isteʼdod" nominatsiyasi - "Tecnos-IT" jamoasiga topshirildi.
"Umr ishi" nominatsiyasi - Xolbeka Boboqulovaga Shaxnoza Mirziyoyeva tomonidan topshirildi.

Shuningdek Jamshid Umrzakov: "Ular nafaqat bugungi tadbirimizning balki zamonamizning chin maʼnodagi qahramonlari, barchamiz uchun ibrat boʻlib kelayotgan balki oʻz kasbiga sadoqatini namoyon etayotgan fidoyilik namunasidir" deya taʼkidladi.
"Inson faxri" taqdirlash marosim soʻngida barcha nominatsiya gʻolib va gʻolibalari esdalik uchun suratga tushdi.


