YTH 13 may kuni Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro S.M. Damas rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtomobilni o‘tkazib yubormasdan chorrahadan qayrilib yuborgan va ro‘paradan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuvdan so‘ng Onix rusumli avtomobili yo‘nalishni o‘zgartirib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan va yo‘l chetida turgan 1995-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


