Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2024 yil 28 noyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor fuqarodan “APEX INSURANCE” AJ foydasiga 102,4 million so‘m undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati asosida Majburiy ijro byurosining Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan qonun doirasida barcha zarur choralar ko‘rildi.
Ixtiyoriy to‘lash imkoniyati berildi. Qarzdorga nisbatan avvalo qonun talabiga muvofiq, ijro ishi qo‘zg‘atildi, qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berildi, shuningdek, rasmiy ogohlantirildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
Biroq barcha imkoniyatlarga qaramasdan, belgilangan muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmadi.
Shundan so‘ng, qonun talabiga muvofiq, qarzdorga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Hozirgi kunda avtomashina belgilangan tartibda baholanib, qonuniy asosda auksion savdosiga chiqarildi. Undirilgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.


