1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Marg‘ilonda soliq qarzi evaziga 4 ta xonadon xatlandi

Belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa, uy auksion savdolariga chiqariladi.

Marg‘ilonda soliq qarzi evaziga 4 ta xonadon xatlandi

Qarzdor “Farg‘ona” MCHJning jami 512 000 000 (besh yuz o‘n ikki million) so‘m soliq qarzdorligini undirish maqsadida tegishli ijro chora-tadbirlari ko‘rilgan.

 

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan 4 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadoni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq xatlangan.

 

Maʼlum qilinishicha, belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, xatlangan mulklar qonunchilikka muvofiq elektron auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.

 

Byuro tomonidan ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash, shuningdek davlat byudjetiga undiruvlarni o‘z vaqtida taʼminlash yuzasidan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика