29-iyun kuni o‘tkazilgan “Qoradori-2024” tadbirida 1971 yilda tug‘ilgan, Tuyagum MFYda yashovchi A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, u xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand modda o‘simligini parvarishlab kelgan.
Shuningdek, A.K. 10 dona 3 litrli idishda 12 kg 537 gr ko‘knori boshoqlarini, 2 dona 3 litrli idishda 2 kg 570 gr marixuana moddasini, oq polietilen paketda esa 41 gr gashish giyohvandlik moddasini hamda oq polietilen qopda 22 kg 550 gr ko‘knori somonini saqlab kelayotgani aniqlangan.
Jami olingan giyohvand moddalar miqdori 37 kilogrammdan ziyodni tashkil qildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


