Joriy yilning 29-may kuni, Marg‘ilon shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivaliga start berildi.
31-mayga qadar davom etadigan mazkur festivalga jami 500 nafardan ortiq ijodkorlar jalb etilgan.
Tantanali ochilish marosimida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Ahmedov so‘zga chiqib, festival ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo‘li bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Shu maqsadda ushbu festival ham “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlangan. Ushbu festival an’anaviy tarzda 2018-yildan buyon Marg‘ilon shaharida o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, 2018-yilda o‘tkazilgan ushbu festival yuqori badiiy saviyada tashkil etilib, xalqaro miqyosida e’tirof etilgandi.
Ayni paytga kelib, mazkur anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan 12 ga yaqin xorijiy davlatlardan folklor san’atiga doir 30 nafar musiqa ijrochilari, 15 nafar taniqli madaniyat va san’at vakillari hamda 10 nafarga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari va faxriy mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
- “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etish mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
- xorijiy va O‘zbekiston folklor jomoalarining konsertlari va badiiy kechalari;
- bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlarining to‘garak azolai ishtiokida, xorijiy va O‘zbekiston folklor jamoalarining ijodiy uchashuvlari va mahorat darslari;
- folklor jamoalarining Xalqaro ko‘rik-tanlovi;
- sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur milliy musiqa va musiqa cholg‘ulari uyg‘unligidagi sahnalashtirilgan dastur namoyishlari.
Festival ko‘rik-tanlovning g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi.