Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘z izohida Estoniya bosh vaziri Kai Kallasning kasbiy tayyorgarligi va inson huquqlari sohasidagi bilimini tanqid qildi.Avvalroq Estoniya bosh vaziri Rossiya fuqarolariga turistik viza berishni to‘xtatish zarurligini aytib, Yevropaga tashrif buyurishni “inson huquqi emas, imtiyoz” deb atagan edi.
Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, xalqaro amaliyotda insonning harakatlanish erkinligini taʼminlovchi qator hujjatlar mavjud. U YXHT taʼsis shartnomalari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Inson huquqlari deklaratsiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasi qoidalarini eslatib oʻtdi.
Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu YeIning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalari navbatdagi paketiga rossiyaliklar uchun kirish vizalari berishni taqiqlash taklifini bildirgandi.


