1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi

2025-yil dekabrida umumiy inflyatsiya 7,3 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaydi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi

 

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 2026-yil 28-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya jarayonlarining pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Xususan, 2025-yil dekabr oyida umumiy inflyatsiya 7,3 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaygan. Bu holat qatʼiy pul-kredit siyosati, milliy valyuta — so‘mning mustahkamlanishi hamda import narxlarining taʼsiri natijasida bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi bilan izohlanadi.

 

Shu bilan birga, xizmatlar sohasida narxlar o‘sishi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. 2026 yil yakunlariga kelib inflyatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

 

Iqtisodiyotda yuqori faollik davom etmoqda. Joriy prognozlarga ko‘ra, 2026-yil yakuni bo‘yicha iqtisodiy o‘sish surʼati 6,5–7 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

 

Bank tizimida ijobiy real foiz stavkalarining saqlanib qolishi milliy valyutadagi jamg‘armalarni rag‘batlantirmoqda. Chakana kreditlash hamda fiskal faollik yuqori surʼatlarda davom etmoqda.

 

Markaziy bank inflyatsiyaning barqaror pasayishini taʼminlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini joriy qatʼiy darajada saqlab qolishni maqsadga muvofiq deb topdi.

 

Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 18-mart kuniga belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика