1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Markaziy bank tomonidan 2023 yilning 6 oyida muomalaga qo‘shimcha 6 trln so‘m naqd pul chiqarildi

Bank kassalaridan berilgan naqd pullar 2023-yilning 6 oyida 187,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank tomonidan 2023 yilning 6 oyida muomalaga qo‘shimcha 6 trln so‘m naqd pul chiqarildi

 

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 6 trln so‘m naqd pullar chiqarildi va 1-iyul holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 24,8 foizni tashkil etdi.

 

Banklar orqali naqd pul aylanmasi 2023-yil yanvar-iyun oylarida 369,7 trln so‘mni tashkil etgani holda, 2022-yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oshdi. Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga o‘sib, 182,4 trln so‘mni tashkil qildi.

 

Shuningdek, 2023-yil 6 oyida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2022-yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘paydi va 187,3 trln so‘mni tashkil etdi.

 

Shu bilan birga, 2023-yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar (359,2 trln so‘m) 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oshdi, ushbu davrda bank kartalaridagi 86,4 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan.

 

Bundan tashqari, 2022-yilning birinchi yarim yilligida bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 28,1 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning mos davrida 24,0 foizni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика