Bugun, 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Taraqqiyot strategiyasi markazi va Fridrix Ebert fondi hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo va global dunyo yoshlar nigohida" mavzusida konferensiya ochildi. Unda Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Germaniya Federativ Respublikasining Uzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Doktor Tino Klinner ishtirok etdi.
Doktor Tino Klinner Markaziy Osiyoning o‘ziga xos geografik joylashuviga to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo Mintaqaning Yevroosiyo markazida joylashganligiga va katta tranzit salohiyatiga egaligi aytildi. Klinner Temuriylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo dunyodagi yirik madaniy markazlardan biri bo‘lganligi alohida taʼkidlandi.
Shu bilan birga hozirda mintaqa katta potensialga egaligi va undan to‘g‘ri foydalanish zarurligi qayd etildi. Buning uchun esa davlatlar o‘rtasida integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish kerak.
Eldor Tulyakov so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqada integratsion jarayonlar ketayotganini va ko‘plab masalalar birgalikda hal etilayotganiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi nafaqat mamlakat va mintaqada, balki butun dunyoda yoshlar masalasini ko‘tarayotgani taʼkidlandi.
“Аyniqsa, aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil etadigan yoshlar masalasi nihoyatda dolzarb”, – dedi Tulyakov.
Avvalroq Yoshlar va xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash uchun taʼminotsiz kredit ajratilishi haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


