1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Markaziy Osiyo va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining to`rtinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi

2021-yil 16-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining "Markaziy Osiyo – Rossiya" shaklidagi to'rtinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Markaziy Osiyo va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining to`rtinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi

Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Afg'onistondagi bugungi vaziyatni muhokama qildilar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Yig'ilish yakunida Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha qo'shma bayonot qabul qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика