1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Marokash zilzila oqibatlarini bartaraf etishga 11 milliard dollar ajratadi

Joriy yilning 8-sentabr kuni Marokashda yuz bergan zilzilada 6 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

Marokash zilzila oqibatlarini bartaraf etishga 11 milliard dollar ajratadi

 

Marokash hukumati halokatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 11 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda

 

Al Jazeera telekanalining xabar berishicha, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash dasturini amalga oshirish uchun 120 milliard dirham (taxminan 11,69 milliard dollar) kerak bo‘ladi. 

 

Eslatib o‘tamiz, Marokashda joriy yilning 8-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kuchli silkinishdan keyin yuzlab aftershoklar qayd etildi, ularning eng kuchlisi 6 ballni tashkil etgan.  

 

Marokash Milliy geofizika instituti maʼlumotiga ko‘ra, Marrakesh hududidagi zilzila mamlakat tarixida so‘nggi yuz yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика