1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga yetdi

Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga yetdi

 

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kishiga yetdi. Bu haqda Marokash Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Vazirlik bayonotida, epimarkazi Marokashning El Xouz tumani bo'lgan 7 magnitudali zilzila qurbonlari sonining 2122 kishiga, jarohatlanganlar sonining esa 2421 kishiga yetganini bildirdi.

 

Marokash matbuoti bir kun avval mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bo'lgan zilzila poytaxt Rabat, Kasablanka, Meknes, Agadir va Fesda sezilganini xabar qildi.

 

Qurbonlarning asosiy qismi Al-Hauz, Tarudant, Shivava, Uarzazat, Marrakech, Azila, Agadir, Kasablanka va Yussifiye viloyatlarida qayd etilgan.

 

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ularga fuqaro mudofaasi kuchlari bilan bir qatorda harbiylar ham jalb qilingan.

 

Ma’lumot uchun, Marokashda 9-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan 7 magnitudali zilzila mamlakat tarixidagi o‘tgan asrdagi eng yirik zilzila bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика