Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Matiz avtomashinasiga ruxsat etilmagan antenna qurilmasini o‘rnatib, axloqsiz so‘z ishlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat o‘rganilganda mazkur harakatlarni Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlandi.
Natijada qoidauzarning otasi 1984-yilda tug‘ilgan otaga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 125-moddasi 3-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.


