Ozod Hurramov o‘zining tug‘ilgan kunini nishonladi. Mazkur bazmda shou-biznes vakillari, aktyor, aktrisalar, blogerlar va yaqinlari ishtirok etdi. Ular orasida Husnora Shodiyeva ham bo‘lgan.
Tug‘ilgan kun bazmi davomida Husnora hamda Ozod birgalikda qo‘shiq kuylagan. Ular xonandaning “Eslamayman” taronasini ijro etgan.
Bu videoni Husnora Shodiyeva Instagram sahifasiga joylagan.
Instablogerning tug‘ilgan kunida bloger Babymohi unga “City House”da o‘zi qaragan “Elza” laqabli kuchukning rasmi tushirilgan kichkina gitara sovg‘a qildi. Bu esa uning ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi.
Ozod Hurramov tug‘ilgan kunida ko‘plab obrazlarda ko‘rinish bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kunida gaz orqali shishirilgan sharlar portlab ketgani hamda “Dizayn” jamoasiga O‘zbekistondan chiqish vaqtincha taqiqlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.


