SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter‘da Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishning yana bir imkonini aytdi.
U buning uchun AQSH Kiyevni endi Qrimni qaytarib bo‘lmasligiga ko‘ndirishi kerakligi haqida yozgan odamga javob qaytarib, "eng ko‘p hollarda murosa eng to‘g‘ri yechim" ekanini aytdi.
Yuqoridagi taklif muallifi esa tadbirkor va investor Devid Oliver Saks. U Qrim bo‘yicha murosadan tashqari yana 2 yechim borligini yozdi. Bular: "doimiy urush" va "yadro urushi".
Bunga javoban Mask: "Juda ko‘p hollarda murosa eng to‘g‘ri yechim bo‘ladi, faqat masala bungacha qancha odam halok bo‘lishi va qancha yo‘qotishlar bo‘lishida", - deb yozdi.
Mask Ukrainadagi holat bo‘yicha faol fikr bildirib kelayotganlardan. Oktyabr oyi boshida tadbirkor Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi “tinchlik” bo‘yicha o‘zining formulasini taklif qilgan. U bahsli hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazish, Qrimdan voz kechish va neytral maqomni taklif qilgan.


