
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bo‘ysunmagan haydovchi to‘xtatilgan. So‘ngra haydovchining hujjatlari tekshirilib, uning spirtli ichimlik ichgani maʼlum bo‘lgan. Avvaliga haydovchi mast ekanligini tan olmaydi. Inspektor uning mastlik holatini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikka olib boradi. Tekshiruv jarayonida haydovchining mast holatda ekani aniq bo‘ladi.
Shu kuni Nukus shahridan Jiydali Baysun kichik shaharchasida ayol kishi boshqaruvidagi “Lada largus” avtomashinasi ham to‘xtatildi. Surishtiruv jarayonida undan spirtli ichimlik hidi kelayotgani maʼlum bo‘ldi. Respublika narkologiya dispanseri tahlili ayolning haqiqatda mast ekanini ko‘rsatdi.
Ushbu holatlar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, Nukus shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etildi. Avtomashinalar vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Avvalroq Toshkent shahrida ichkilik oqibatida fuqaro jinoyatga qo‘l urgani xaqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva tayyorladi.


