Toshkent shahri Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Hodisa joriy yilning 9 may kuni soat 21:30larda, ushbu tumanning Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida sodir bo‘lgan. YHX rasmiy kanali xabar berishicha, 1994 yilda tug‘ilgan O.R. “Epica”ni boshqarib ketayotib, 1997 yilda tug‘ilgan B.P. boshqaruvidagi “Matiz” bilan to‘qnashgan. Natijada, "Epica" rusumli avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1970 yilda tug‘ilgan M.K. tan jarohati olganligi sababli shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tuman ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


