Portugaliyalik olimlar maymunchechak virusining mutasiya tezligini o‘lchashdi, deb xabar bermoqda “Medical Xpress” tibbiy axborot portali.
Tadqiqotchilar virusning genetik tadqiqotini o‘tkazdilar, uning namunalari 15 nafar bemordan olindi. Ular virus kutilganidan 6-12 baravar yuqori mutasiyaga uchraganini aniqladi. Bu kasallik tez tarqalishidan dalolat beradi.
Qayd etilishicha, avvalgi tadqiqotlarda maymunchechakka o‘xshash viruslar, odatda, yiliga bir yoki ikki marta mutasiyaga uchragan.
Maymunchechak odamdan odamga ochiq jarohatlar, yaqin aloqa va tana suyuqliklari yoki havo tomchilari orqali yuqishi mumkin.


