Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymunchechakdan ikkita yangi o‘lim holatini aniqladi. Bu haqda 7-iyul kungi JSST hisobotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri maymunchechakdan o‘lganlarning umumiy soni uch kishiga yetdi. Uchala o‘lim ham Afrikada qayd etilgan.
Ayni paytda tashkilot aholini maymunchechakka qarshi ommaviy emlash zarurati yo‘qlini aytmoqda. Tashkilot gigiyena kasallikning tarqalishini nazorat qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi.


