“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe gollari soni 40 taga yetgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta Sports” nashri xabar berdi.
Fransiyalik forvard 23 yoshu 10 oy va 13 kunligida bunga erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappe 24 yoshu 4 oy va 8 kunligida Chempionlar ligasida 40 ta gol urgan jamoadoshi, argentinalik hujumchi Lionel Messining rekordini yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Yuventus”ni mag‘lub etdi. Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, jamoa 14 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Joriy mavsumda Chempionlar ligasining guruh bosqichida Mbappe oltita o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.


