Kuni kecha Mbappe "Telefoot" nashriga intervyu berdi. Uning so'zlaridan so'ng nihoyat "PSJ"ni tark etishi ma'lum bo'ldi. Hujumchi : "Mening kelajagim endi klub uchun muhim mavzu emas. Endi hech kim men bilan bu haqda gaplashmaydi", - deb ta'kidladi.
Bu yozda hujumchi qayerga ketishini tushunib yetgandekmiz. "Real" uni bir yil oldin sotib olishni xohlagan edi, keyin esa transfer amalga oshmay qoldi. Ikki oydan so'ng forvardning "PSJ" bilan shartnomasi tugaydi va Mbappeni ispan grandining futbolkasini kiyishiga hech narsa to'sqinlik qila olmaydi. Nihoyat, yangi avlodning asosiy futbolchisi o'z miqyosiga mos keladigan chempionatga o'tadi. Shu munosabat bilan, o'tish mutlaqo mantiqiy. Ammo "Real Madrid" tarkibi nuqtai nazaridan vaziyat unchalik aniq emas.
Mbappening butun faoliyatini tahlil qilsangiz, uning asosiy pozitsiyasi chap qanot himoyasida ekanligini ko'rasiz. Fransuz ajoyib tezlikka ega va qanotda yugurish uchun unda yetarli joy mavjud. Bu yerda hozir Vinisius harakat qiladi. U ham hozir "Real"ni tark etish niyati yo'qligini tasdiqladi. Eng aniq yechimlardan biri bu 4-3-3 ga qaytish. "Real Madrid"da ko'p yillar davomida bu sxema mavjud edi va faqat o'tgan yozda Karim Benzemaning ketishi tufayli undan voz kechildi. Albatta, Karlo Anchelotti bu variantni o'ylaydi. Qolaversa, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike bu mavsumda Kilianni markaziy hujumchi sifatida o'ynatdi. Bundan yana bir xulosaga kelish mumkinki, Vinisius chap qanotda qoladi, o'ngda esa Rodrigo, Brahim Diaz yoki Federiko Valverde biroz orqaroqda harakat qilishi mumkin.
Ushbu rejaning bitta katta kamchiligi bor. "Real Madrid" so'nggi paytlarda yaxshi formada. Bunga hozirda hujumkor yarim himoyachi Jude Bellingem katta hissa qo'shmoqda, u o'zining debyut mavsumida "Real Madrid"ning ham, butun Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Uning o'ziga xos xususiyati asosan yarim himoyadan jarima maydonchasiga harakat qilishi. Agar Mbappe hujumda bo'lsa, erkin zonalar kamroq bo'ladi. Va umuman olganda, muvozanat nuqtai nazaridan jamoadagi sxema haqida bir qator savollar tug'iladi. Anchelotti hozirda natija berayotgan 4-1-2-1-2 sxemasida davom etishi mumkin. Bu muvozanat va jamoaviy ishlarni yaxshi saqlashi mumkin. Rodrigo so'nggi ikki yil ichida yanada rivojlandi, bundan tashqari jamoaga yozda 17 yoshli Endrik keladi. Yana bir muhim jihat bor. "Real"da hamon markaziy hujumchi Xoselu harakat qilmoqda. Bir qarashda, Mbappe va Endrik kelganida biz uni unutishimiz mumkindek tuyuladi. Ispaniyalik forvardning ijara muddati shu yozda tugaydi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, birinchi va ikkinchi tarkibda “Real”ning ikkinchi qavatdagi imkoniyatlari nisbatan pastdek ko'rinadi. Mbappe va Vinisius deyarli bosh bilan o'ynamaydi. Rodrigo va Endrikning ham bo'yi pastroq. Xoselusiz " Real"ni oldindan aytish mumkin. Buning uchun Jamoaga 193 santimetrlik hujumchi kerak bo'ladi. Bugungi kunda eng aniq yechim sifatida Rodrigoni sotish deya tushunilyapti, chunki u sezilarli darajada kamroq o'yin amalyotiga ega bo'lishi mumkin.


