1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Mbappe “Real”da qaysi raqamda o'ynaydi?

Futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Mbappe “Real”da qaysi raqamda o'ynaydi?

 

Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, futbolchi Madridda to‘qqizinchi raqamda o‘ynaydi. Qayd etilishicha, Mbappe “Real”dan unga o‘ninchi raqamni taqdim etishni so‘ramagan. Kilian kelasi mavsum uchun shartnomasini uzaytirgan yarim himoyachi va klub afsonasi Luka Modrichni hurmat qiladi.

 

2024-yil 3-iyun kuni “Real Madrid” Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

 

Futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2029-yilgacha mo'ljallangan. O‘tgan mavsumda fransiyalik hujumchi “PSJ” safida 48 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt internet portali fransiyalik forvardning narxini 180 million yevroga baholamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика