1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

MDH davlat rahbarlari Bishkekda yig‘iladi

Sammit 13-oktabr kuni bo‘lishi rejalashtirilgan.

MDH davlat rahbarlari Bishkekda yig‘iladi

 

Bishkek shahrida 13-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbekov маълум қилди.

 

Bo‘lajak tadbir davomida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi”, — dedi Azimbekov.

 

MDH sammitida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.

 

Sammit Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi oxirgi marta o‘tgan yili 14 oktyabr Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida бўлиб ўтган эди.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика